Mingbuloq tumanida Mikrokreditbank Boshqaruv raisi oʻrinbosari Ibrohim Mamadjanov ishtirokida hududdagi tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazildi.  

Unda tumandagi 23 ta tadbirkorlik subyektlari va 45 nafar fuqarolar ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan javob olishdi. 

Jumladan, tadbir davomida 4 nafar fuqaroning masalasi joyida hal qilindi va qolgan murojaatlar yuzasidan chora-tadbir ishlab chiqilib, masʼul ijrochilar belgilab olindi. 

8b1d1025-49cc-4e11-829b-edfdbb9d51e3.png

Uchrashuvda koʻtarilgan masalalar oʻrganilib, tegishli tijorat banklariga yoʻnaltirildi. 

Misol uchun, “Qoʻgʻolikul” MFYda faoliyat yurituvchi YATT “Imomnazarov Xudoynazar  Komiljonovich” rahbari tomonidan donni qayta ishlash faoliyatini rivojlantirish maqsadida 100 mln. soʻm kredit olish haqidagi murojaati hamda “Mustakillik” MFYda faoliyat yurituvchi YATT “Jalolidinova Shaxnoza” tomonidan milliy shirinliklar, non va non mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 100 mln. soʻmgacha garovsiz kredit soʻrab qilgan murojaati yuzasidan “Biznesni rivojlantirish banki”ning resurs mablagʻi hisobidan garovsiz kredit ajratish boʻyicha kelishib olindi. 

e149360e-f41f-46be-b8a2-f70dac026465.png

Shuningdek, “Oybek” MFYda  faoliyat yurituvchi YATT “Soliyev Azizbek”  rahbari tomonidan muzqaymoq ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida 25 mln. soʻm  imtiyozli kredit mablagʻi ajratish masalasi oʻrganilib, hokim yordamchisi tavsiyanoma bergandan soʻng tartib asosida kredit ajratib berilishiga kelishib olindi. 

Maʼlumot uchun, bu kabi uchrashuvlar bugun Davlatobod tumanidagi Mikrokreditbank binosida hamda Toshbuloq tumanidagi “Shoʻrqishloq” MFY binosida oʻtkaziladi. 

Bank Axborot xizmati