O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, “Mikrokreditbank” ATB 95 ta davlat tashkiloti orasida korrupsiyaga qarshi reytingida tijorat banklari orasida yashil reytingda yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. 

Bunda, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.

ab2dbe55-c16d-4cda-9f64-04ec41a82331.jpg

Bankimiz har bir faoliyatida halollik va shaffoflikni ta‘minlagan holda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini faol amalga oshirishda davom etadi.

Ma’lumot uchun: bu yil 95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi.

Bank Axborot xizmati