“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Ibrohim Mamadjanov hamda “Parrandasanoat” uyushmasi boshqarma boshligʻi Ruslan Gulyamov ishtirokida Namangan shahridagi tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda fuqarolari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.  

Uchrashuvda 14 ta tadbirkorlik subyekti va 17 nafar fuqaro ishtirok etishdi. Shundan 4 nafar fuqaroning masalasi joyida hal qilindi va qolgan murojaatlar yuzasidan chora-tadbir ishlab chiqilib, masʼul ijrochilar belgilab olindi.

Uchrashuvda koʻtarilgan masalalar oʻrganilib, tegishli tijorat banklariga yoʻnaltirildi. 

a0343107-8016-4b0d-89f8-e76fdd79b84a.png

Jumladan, hududdagi “Chamanzor” MFYda faoliyat yurituvchi “Abdulaziz tikuv sanoat” MCHJ rahbari tomonidan aylanma mablagʻ uchun 800 ming AQSH dollar kredit olish haqidagi murojaati oʻrganilib, jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari hisobidan Hamkorbank tomonidan ajratilishi kelishib olindi.  

Bundan tashqari, ushbu mahallada faoliyat yurituvchi “Sardor qurilish sanoat” MCHJ tomonidan qurilish materiallarini sotib olish uchun 4,8 mlrd. soʻm kredit soʻrab qilgan murojaati oʻrganilib, jalb qilingan resurs mablagʻlari hisobidan kredit ajratilishi belgilandi. 

634c1c52-443b-4f30-beec-d45a62c1d513.png

Maʼlumot uchun, ayni paytda Toshbuloq tumanidagi “Shoʻrqishloq” mahalla fuqarolar yigʻini binosida aholi bilan navbatdagi uchrashuv oʻtkazilmoqda.   

Bank Axborot xizmati