MKBANKda 2024-yilgi “Global Money Week” doirasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan yangi tanlov boshlandi.

Tanlov shartlari: 

Videorolikning davomiyligi: 1-2daqiqagacha. 

Videoroliklar o'zbek yoki rus tillarida bo'lishi mumkin. 

Ijodiy va original mazmun, moliyaviy savodxonlikni oson va tushunarli tarzda yetkazish. 

Har bir ishtirokchi faqat bitta videorolik bilan qatnashishi mumkin

Tanlov quyidagi yosh toifalari uchun mo'ljallangan: 

12-17 yosh
17-21 yosh 

Yosh toifalariga qarab, g'oliblar Lenovo noutbuki va Samsung A14 smartfoni bilan mukofotlanadi. 

Tanlovning boshlanish muddati: 04.04.2024
Videorolikni topshirish muddati: 03.05.2024

Qanday qatnashish mumkin?

Tayyorlangan videoroliklaringizni telegramdagi @gmwmkb manziliga yuboring. Videoning nomi, ishtirokchining to'liq ismi va aloqa ma'lumotlarini ko'rsating.

Moliyaviy savodxonlikni birga rivojlantiraylik!