Bank rahbariyati tomonidan Namangan viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlash va daromadli mehnatga jalb qilish boʻyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. 

Xususan, bugun Mingbuloq madaniyat markazida bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari I.Mamajonov hamda tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

10f1cc54-4389-4a2e-bdbf-82f28e6ad5a6.jpg

Uchrashuvda 150 nafardan ziyod aholi va tadbirkorlar ishtirok etib, ularning 60 dan ortiq muammo va takliflari oʻrganilib, hal etish choralari koʻrilmoqda. 

Shuningdek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlatimiz va bank faoliyatining muhim vazifasi ekanligi ta'kidlandi.

c12f4b0a-1bcd-4d0e-8000-05add760ff6e.jpg

Ochiq muloqot shaklida boʻlib oʻtgan uchrashuvda bank mijozlari faoliyatlarini rivojlantirish, koʻproq ish oʻrinlari yaratish, yangi loyihalar uchun kreditlar ajratilishi, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish borasida ham fikr yuritildi.

Bank Axborot xizmati