O’zbekiston hududida Mikrokreditbank filiallari orqali milliy valyutadagi pul o’tkazmasi 2019-yil amaliyotga joriy etildi.

Pul o’tkazmasining eng kam miqdori va eng yuqori qiymati belgilanmagan. Ushbu o’tkazma naqd pul shaklida amalga oshiriladi.

O’tkazilgan pul mablag’idan 0,5 % miqdorida xizmat haqi olinadi.

Mijoz ushbu o’tkazma orqali bankning istalgan filialidan mablag’larnijo’natishi hamda istalgan filialdan olishi mumkin.

Pul jo’natish shartlari:

  • bankning istalgan filialiga murojat qiladi;
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi;
  • pul jo’natishning minimal miqdori cheklanmagan;
  • mablag’lar naqd pul ko’rinishida topshiriladi;
  • oluvchining F.I.O. ma’lumotlari va telefon raqami bank xodimiga taqdim etiladi (jo’natuvchi hamda oluvchining telefon raqamiga 10 ta raqamdan iborat SMS boradi);

Pul olish shartlari:

  • bankning istalgan filialiga murojaat qilinadi;
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etiladi;
  • bank xodimiga 10 talik raqam va qancha mablag’ kelgani aytiladi (jo’natuvchiga pul mablag’i olinganligi to’g’risida SMS boradi).

Mikrokreditbankning ishonchli xizmatlaridan foydalanib, butun O’zbekiston bo’ylab milliy valyutadagi naqd pul o’tkazmalarini amalga oshiring!