Yigʼilishda, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisining 2021 yil faoliyati yakunlari boʼyicha va bankning rivojlantirish strategiyasi toʼgʼrisidagi hisoboti eshitildi hamda bankning 2022 yildagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

Kun tartibida bank Kuzatuv kengashi hisobotini tasdiqlash va bankning 2021 yil faoliyati yakuni boʼyicha olingan sof foydani taqsimlash masalalari ham koʼrib chiqildi.

Shuningdek, yigʼilish kun tartibidagi barcha masalalar aktsiyadorlar tomonidan koʼpchilik ovozi bilan tasdiqlandi.