O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ta’lim krediti yillik 14 foizdan (Xotin-qizlarga foizsiz) ajratiladi.

“Mikrokreditbank” ATB da 2023-yil 1-mart holatiga 13 535 ta ta’lim krediti ajratilgan bo‘lib, mazkur kreditlar bo‘yicha jami ajratilgan kreditlar summasi 144,25 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Shundan, bankning o‘z mablag‘i hisobidan umumiy summasi 5,26 mlrd. so‘mlik 540 ta kredit ajratilgan. 

Xotin-qizlar uchun ajratilgan kreditlar soni 2022- yildan buyon 8 223 tani tashkil qilingan bo‘lib, jami summasi 84,3 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. 

Qolgan ta’lim kreditlarining soni esa 4 772 tani tashkil qilib, mazkur kreditlari bo‘yicha jami ajratilgan summa 54,68 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan.


Shuningdek, 2023-yil 1-mart holatiga ko‘ra ta’lim kreditlari bo‘yicha jami portfel qoldig‘i 122,92 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

 Shundan, 1,12 mlrd. so‘m bankning o‘z mablag‘i uchun ajratilgan kreditlarga, 73,97 mlrd. so‘m xotin-qizlarga ajratilgan kreditlarga va 47,83 mlrd. so‘m qolgan kreditlarga to‘g‘ri kelgan.

Bank Axborot xizmati