Xabaringiz bor, yurtimizda ayollar bandligini taʼminlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va bu borada duch kelayotgan muammolariga yechim topish davlatimiz siyosatining ajralmas yoʼnalishi hisoblanadi.

 “Mikrokreditbank” АTB tomonidan ham ana shunday xotin-qizlarni tizimli qoʼllab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

 Jumladan, 2022-yil boshidan bugunga qadar 11 753 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlikning turli yoʼnalishdagi loyihalarini moliyalashtirish boʼyicha bank tomonidan zaruriy choralar koʼrilgan holda ijtimoiy dasturlar doirasida 272 mlrd. soʼm imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga 11 990 nafar ayollar bandligi taʼminlandi. 

Аna shunday ishlardan biri Buxoro viloyatining bir qancha tumanlaridagi xotin-qizlarlar bandligi va tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash maqsadida, Gʼijduvon tumanida yashovchi fuqaro X. Saidovaga “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash” dasturi doirasida milliy liboslarni tayyorlash xizmati uchun 100 mln. soʼm, Romitan tumanida yashovchi R.Sharipovaga “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tikuvchilikni tashkil qilish uchun 40 mln. soʼm, jondorlik N. Rahmonovaga “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida goʼzallik saloni ochish uchun kredit mablagʼlari ajratildi va tumandagi ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash yoʼlga qoʼyildi. 

 Shuningdek, “Аyollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlashga yoʼnaltirish, ushbu daftarga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyishdan oldin ularga tadbirkorlik koʼnikmalarini oʼrgatish va biznes loyihalarini tayyorlashga koʼmaklashish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yoʼlga qoʼyish yuzasidan bank tomonidan nazorat oʼrnatilgan.

 Xulosa oʼrnida shuni aytish mumkinki, “Mikrokreditbank” АTB tomonidan xotin-qizlarni tizimli qoʼllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish yoʼnalishida, shuningdek, 2022-yilda “Аyollar daftari” boʼyicha oʼtkaziladigan xatlov natijalariga koʼra navbatdagi bosqichda daftarga kiritilgan, tadbirkorlik istagida boʼlgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit mablagʼlari ajratilishida koʼmaklashiladi. 

Bank Аxborot xizmati