“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki bugungi kunda oʼzining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan mablagʼlari bilan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga doir investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan jarayonlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Mazkur saʼy-harakatlar koʼlamini kengaytirish maqsadida “Mikrokreditbank” АTB tomonidan moliyalashtirilgan Surxondaryo viloyatidagi “Аlpomish servis invest” xususiy korxonasiga bir guruh respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida ishtirokchilar korxonada tibbiy shpris ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega boʼlishdi. 

Taʼkidlash kerakki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yilning 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida tasdiqlangan yigʼilish bayoniga asosan “Аlpomish Servis Invest” xususiy korxonasi tomonidan bir martalik tibbiy shprits ishlab chiqarish loyixasini amalga oshirish belgilab oʼtilgan.

“Аlpomish servis invest” XK bir martalik tibbiy shprits ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish boʼyicha “Mikrokreditbank” АTBdan umumiy qiymati 2.940.000 (ikki million toʼqqiz yuz qirk ming) yevro miqdoridagi kredit mablagʼi ajratilgan. Ushbu mablagʼlar hisobidan Xitoy davlatining “SHAOXING B&R PIONEER IMP&EXP. CO. LTD.” korxonasi bilan xamkorlik yoʼlga qoʼyilib, shpirist ishlab chiqaruvchi uskuna sotib olingan hamda va 2022-yilning mart oyidan loyiha ishga tushirildi. 

Korxona toʼla quvvatda ishga tushgandan soʼng 1 sutka davomida 400.000 dona shundan 2 ml shprits 100.000 dona, 5 ml shpris 200.000 dona, 10 ml shprits 100.000 dona bir martalik tibbiy shprits ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi.

“Аlpomish Servis Invest” xususiy korxonasining bugungi kundagi 1 oylik foydasi 1,5 mlrd soʼmga teng. Hozirda korxonada tuman aholisining 36 nafarini ish bilan taʼminlagan. 

Maʼlumot uchun, “Mikrokreditbank” АTB tomonidan joriy yil boshidan beri tadbirkorlik subʼektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun 66ta loyihaga 376 mlrd soʼm ekvivalentida mablagʼlar ajratildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar bank tomonidan istiqbolli loyihalarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash borasida ishlar olib borilmoqda.